1. Umumiy qoidalar
Falcon Academy (falcon-academy.com, keyingi o'rinlarda — «Platforma») foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari maxfiyligini himoya qilishni ustuvor vazifa deb biladi.
Ushbu Maxfiylik siyosati shaxsiy ma'lumotlar qanday to'planishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Hujjat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi 2019-yil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga muvofiq tuzilgan.
Platformadan foydalanish orqali Foydalanuvchi o'z shaxsiy ma'lumotlari ushbu siyosatda belgilangan tartibda qayta ishlanishiga rozilik bildiradi.