Asosiy kontentga oʻtish

Hujumni tushuning.Himoyani quring.

Amaliy topshiriqlar va tuzilgan kurslar: birinchi qadamdan professional darajagacha.

  • 1200+

    faol foydalanuvchi

  • 700+

    amaliy topshiriq

  • 6

    oʻquv yoʻnalishi

  • 2

    tayyor kurs

01Yoʻnalishlar

Hujumni ham, himoyani ham amalda oʻrganing

Har bir yoʻnalish hujumchi qanday ishlashini va unga qarshi himoya qanday qurilishini koʻrsatadi. Boshlangʻich darajadan boshlang yoki tajribangizga mos yuqori darajani tanlang.

Boshlangʻich daraja

Kiberxavfsizlikka birinchi qadam

Yuqori daraja

Asoslarni bilganlar uchun chuqur amaliyot

02Real amaliyot

Bilimingizni real tizimlarda sinab koʻring

Oʻrgangan koʻnikmalaringizni BugOne platformasida qoʻllang. BugOne — Oʻzbekistonning bug bounty platformasi: kompaniyalar oʻz tizimlarini tekshirishga rasmiy ruxsat beradi, siz esa tasdiqlangan zaifliklar uchun mukofot olasiz.

Faqat dastur doirasidagi tizimlarni va uning qoidalariga amal qilib tekshiring. Ruxsatsiz tekshiruv qonunga zid.

  1. 01

    Researcher boʻling

    BugOne platformasida bepul profil oching. Shaxsiy maʼlumotlaringiz kompaniyalarga koʻrsatilmaydi.

  2. 02

    Dasturni tanlang

    Har bir dasturda qaysi tizimlarni tekshirish mumkinligi va qoidalar aniq yozilgan.

  3. 03

    Hisobot yuboring

    Topilgan zaiflikni takrorlash mumkin boʻlgan qadamlar bilan tushuntiring. Hisobotni mutaxassislar tekshiradi.

  4. 04

    Mukofot oling

    Tasdiqlangan zaiflik uchun pul mukofoti beriladi, natijangiz esa reytingda koʻrinadi.

05Korporativ taʼlim

Jamoangizni real hujumlarga tayyorlang

Kompaniya va davlat tashkilotlari uchun maxsus dasturlar: oddiy xodimdan SOC tahlilchisigacha. Mashgʻulotlar tashkilotingiz vazifalari va infratuzilmasiga moslashtiriladi.

Kimlar uchun

  • Banklar va moliya
  • Davlat tashkilotlari
  • IT kompaniyalar
  • Telekom va sanoat
  • 01

    Xavfsizlik madaniyati

    Barcha xodimlar uchun: fishing, ijtimoiy muhandislik, parol gigiyenasi va BEC sxemalarini tanish.

  • 02

    Fishing simulyatsiyasi

    Real sxemalarga oʻxshash xatlar bilan xodimlarni sinash. Natijalar raqamlarda: kim bosdi, kim xabar berdi.

  • 03

    Texnik jamoa treningi

    IT, SOC va xavfsizlik jamoalari uchun: log tahlili, incident response, pentest asoslari — laboratoriyada.

  • 04

    Maxsus dastur

    Tashkilotingiz ehtiyojlariga moslab tuziladigan dastur: mavzular, format va muddatlar siz bilan kelishiladi.

Qanday ishlaymiz

  1. 01

    Diagnostika

    Xodimlar va jamoa darajasini aniqlaymiz.

  2. 02

    Dastur

    Natijalar asosida dastur tuzamiz.

  3. 03

    Mashgʻulotlar

    Nazariya va amaliy laboratoriyalar.

  4. 04

    Hisobot

    Natijalar va keyingi qadamlar boʻyicha tavsiyalar.

Korporativ taʼlim haqida batafsil

Ariza qoldiring

Tez orada siz bilan bogʻlanamiz.

  • Natija raqamlarda oʻlchanadi
  • Onlayn yoki offline format
  • Oʻzbek va rus tillarida
  • Ishtirokchilarga sertifikat
Soʻrov turi

Yuborish orqali maʼlumotlaringiz arizani koʻrib chiqish uchun ishlatilishiga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati

06Sertifikat

Sertifikat haqiqiyligini tekshiring

Falcon Academy tomonidan berilgan har bir sertifikat noyob ID raqamiga ega. Ish beruvchi yoki hamkor uni shu yerda bir necha soniyada tekshirishi mumkin.

  • Noyob ID raqam
  • Sertifikatning toʻliq elektron nusxasi
  • Ish beruvchi uchun ochiq tekshiruv

ID sertifikatning pastki qismida yozilgan. QR kodni skanerlasangiz, shu sahifa oʻzi ochiladi.

FA-2026-PEN-K7M2P9Q4XH3R

Sertifikat

Penetration Testing

Egasi

Namuna Foydalanuvchi

Berilgan sana

15.09.2026

07Savol-javob

Koʻp beriladigan savollar

Falcon Academy bepulmi?

Roʻyxatdan oʻtish va oʻqishni boshlash bepul. Bepul tarifda platformaning bir qismi ochiq, kengaytirilgan imkoniyatlar va tayyor kurslar esa platforma ichida taklif etiladi.

Qaysi darajadan boshlashim kerak?

Kiberxavfsizlikka yangi boʻlsangiz, Security Fundamentals va Tarmoq asoslari yoʻnalishlaridan boshlang. Asoslarni bilsangiz, Web Security, Defensive Security yoki Offensive Security yoʻnalishini tanlang.

Kiberxavfsizlikni noldan oʻrganish mumkinmi?

Ha. Dasturlash yoki IT tajribasi shart emas: Security Fundamentals yoʻnalishi Linux, terminal va asosiy tushunchalardan boshlanadi. Har bir mavzu amaliy topshiriq bilan mustahkamlanadi, keyin pentest (etik xakerlik), SOC yoki veb xavfsizlik yoʻnalishiga oʻtasiz.

Toshkentda offline kiberxavfsizlik kurslari bormi?

Ha. Toshkent va Nurafshon filiallarimizda offline guruhlar ochiladi: Security Fundamentals, Offensive Security (pentest), Defensive Security (SOC) va Web Security. «Offline kurslar» sahifasida ariza qoldiring.

Etik xakerlik (pentest) qonuniymi?

Ha, ruxsat boʻlsa. Hujum texnikalarini maxsus tayyorlangan laboratoriyalarda va CTF topshiriqlarida oʻrgatamiz. Begona tizimlarni egasining yozma ruxsatisiz tekshirish qonunga zid.

Amaliy topshiriqlar qanday ishlaydi?

Har bir topshiriq uchun alohida target ishga tushiriladi va sizga IP manzil hamda port beriladi. Siz unga oʻz kompyuteringizdagi vositalar bilan ulanasiz, zaiflikni topasiz va FALCON{...} koʻrinishidagi flagni topshirasiz.

Sertifikat beriladimi?

Ha. Kursni tugatgach, noyob ID raqamli elektron sertifikat beriladi. Uning haqiqiyligini istalgan kishi shu saytdagi «Sertifikat» boʻlimida tekshirishi mumkin.

Qaysi tillarda oʻqish mumkin?

Platforma oʻzbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Korporativ mashgʻulotlar oʻzbek va rus tillarida oʻtkaziladi.

Kompaniyamiz xodimlari uchun taʼlim tashkil qilsa boʻladimi?

Ha. Korporativ dastur tashkilotingiz ehtiyojlariga moslab tuziladi: xavfsizlik madaniyati, fishing simulyatsiyasi va texnik jamoa treninglari. Ariza qoldiring — biz siz bilan bogʻlanamiz.

Birinchi flagingizni bugun oling

Bepul hisob yarating va 700+ amaliy topshiriqqa kiring.