Asosiy kontentga oʻtish
Yuqori12 modul · 200 soat

Defensive Security

Yoʻnalish himoya tomonida ishlashni oʻrgatadi: SOC qanday ishlaydi, SIEM da loglar qanday tahlil qilinadi va hujum belgilari qanday aniqlanadi. Aniqlash qoidalarini yozasiz, insidentlarni tekshirasiz va threat hunting orqali yashirin faollikni izlaysiz. Har bir mavzu laboratoriyada qayta yaratilgan hujum izlari asosida oʻrganiladi.

Nimalarni oʻrganasiz

Asosiy mavzular

SOCSIEMLog tahliliAniqlash qoidalariIncident responseThreat hunting
  1. 01

    SOC qanday ishlaydi

    SOC tuzilmasi, tahlilchi rollari, ogohlantirishlar oqimi va eskalatsiya.

  2. 02

    Loglar va telemetriya

    Windows, Linux va tarmoq qurilmalari loglari: qaysi maʼlumot qayerda saqlanadi.

  3. 03

    SIEM bilan ishlash

    Loglarni yigʻish va normallashtirish, qidiruv va dashboardlar.

  4. 04

    Aniqlash qoidalari

    Hujum texnikalarini qoidalarga aylantirish va soxta signallarni kamaytirish.

  5. 05

    Insidentlarga javob berish

    Aniqlash, cheklash, bartaraf etish va tiklash bosqichlari, hisobot tayyorlash.

  6. 06

    Threat hunting

    Gipoteza asosida yashirin faollikni izlash va natijalarni qoidalarga aylantirish.

Hujum va himoya

Hujumchi tomoni

  • Hujumchi tizimga kirish, imtiyozlarni oshirish va tarmoq ichida harakatlanishda qanday iz qoldirishini oʻrganasiz.
  • Laboratoriyada qayta yaratilgan hujum bosqichlarining loglarini tahlil qilasiz.
  • MITRE ATT&CK texnikalarini aniq log hodisalari bilan bogʻlaysiz.
  • Hujumchilar aniqlanishdan qanday qochishga urinishini tushunasiz.

Himoyachi tomoni

  • SIEM da shubhali faollikni qidirib, ogohlantirishlarni saralaysiz.
  • Aniq hujum texnikalari uchun aniqlash qoidalarini yozasiz va sinovdan oʻtkazasiz.
  • Insidentga javob berish rejasi asosida harakat qilasiz va hisobot tayyorlaysiz.
  • Gipotezaga asoslangan threat hunting oʻtkazasiz.

Kimlar uchun

  • SOC tahlilchisi boʻlishni maqsad qilganlar.
  • Himoya tomonida chuqurlashmoqchi boʻlgan tizim va tarmoq administratorlari.
  • Tashkilot ichidagi xavfsizlik jamoalari.

Natijada

  • SIEM da loglarni tahlil qilib, haqiqiy tahdidni soxta signaldan ajratish.
  • Aniqlash qoidalarini yozish, sinash va sozlash.
  • Insidentni aniqlashdan tiklashgacha boshqarish.
  • Threat hunting gipotezalarini tuzish va tekshirish.

Birinchi flagingizni bugun oling

Bepul hisob yarating va 700+ amaliy topshiriqqa kiring.