Asosiy kontentga oʻtish
Boshlangʻich7 modul · 60 soat

Security Fundamentals

Yoʻnalish kiberxavfsizlik sohasiga kirish uchun zarur poydevorni beradi. Linux va terminal bilan ishlashni, asosiy tahdid turlarini va mutaxassislar har kuni foydalanadigan vositalarni oʻrganasiz. Har bir mavzu nazariya va amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlanadi.

Nimalarni oʻrganasiz

Asosiy mavzular

LinuxTerminalTahdid turlariFayl ruxsatlariAsosiy vositalar
  1. 01

    Kiberxavfsizlikka kirish

    Soha tuzilishi, asosiy tushunchalar va mutaxassis rollari: hujum, himoya va boshqaruv.

  2. 02

    Linux asoslari

    Fayl tizimi, foydalanuvchilar, guruhlar va kirish huquqlari.

  3. 03

    Terminal bilan ishlash

    Asosiy buyruqlar, jarayonlar, paketlarni boshqarish va oddiy skriptlar.

  4. 04

    Tahdid turlari

    Zararli dasturlar, fishing, parol hujumlari va ijtimoiy muhandislik qanday ishlaydi.

  5. 05

    Asosiy vositalar

    Tarmoq, tizim va loglarni tekshirish uchun mutaxassislar ishlatadigan vositalar.

  6. 06

    Tizimni himoyalash asoslari

    Yangilanishlar, kuchli parollar, minimal huquqlar va zaxira nusxalar.

Hujum va himoya

Hujumchi tomoni

  • Zaif va takroriy parollar hisobni qanday ochiq qoldirishini koʻrasiz.
  • Keraksiz ochiq xizmatlar tizimga kirish nuqtasiga aylanishini tushunasiz.
  • Fishing xatlari va ijtimoiy muhandislik usullarini taniysiz.
  • Notoʻgʻri fayl ruxsatlari qanday xavf tugʻdirishini laboratoriyada tekshirasiz.

Himoyachi tomoni

  • Foydalanuvchi va fayl huquqlarini minimal huquqlar tamoyili asosida sozlaysiz.
  • Keraksiz xizmatlarni oʻchirib, tizimni muntazam yangilab borasiz.
  • Tizim loglaridan shubhali kirish urinishlarini topasiz.
  • Parol siyosati va ikki bosqichli autentifikatsiyani joriy qilasiz.

Kimlar uchun

  • Kiberxavfsizlikni noldan boshlayotganlar.
  • Xavfsizlik sohasiga oʻtmoqchi boʻlgan IT mutaxassislar va dasturchilar.
  • Yuqori darajadagi yoʻnalishlarga tayyorlanayotgan talabalar.

Natijada

  • Linux tizimida terminal orqali erkin ishlash.
  • Asosiy tahdid turlarini farqlash va ularning belgilarini tanish.
  • Tizimni asosiy xavfsizlik talablariga muvofiq sozlash.
  • Yuqori darajadagi yoʻnalishlarni mustahkam poydevor bilan boshlash.

Birinchi flagingizni bugun oling

Bepul hisob yarating va 700+ amaliy topshiriqqa kiring.